Tunda ko‘rish imkonini beruvchi linzalar ixtiro qilindi
Texnologiya
−
24 may 3223 1 daqiqa
Xitoylik olimlar odamga hech qanday qo‘shimcha uskunalarsiz zulmatda ko‘rish imkonini beruvchi innovatsion kontakt linzalarni ishlab chiqdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.
Mazkur linzalar tarkibida joylashtirilgan maxsus nanozarrachalar infraqizil nurlanishni yutib, uni ko‘rinadigan yorug‘likka aylantiradi. Ular yupqa polimer qavatga o‘rnatilgan bo‘lib, foydalanuvchiga infraqizil nurlanishni chiqarayotgan yoki aks ettirayotgan ob’ektlarni hatto to‘liq qorong‘ilikda ham ko‘rish imkonini beradi.
Tajribalar davomida bunday linzalarni taqqan ko‘ngillilar infraqizil diapazondagi miltillovchi signallarni ajrata olgan, murakkab naqshlarni ko‘rgan va yomon yoritilgan sharoitda bemalol yo‘l topgan. Qolaversa, infraqizil nurlanish yopiq qovoqlar orqali ham o‘tishi kuzatilgan. Bu esa sinov ishtirokchilariga ko‘zlarini yumgan holda ham signalni qabul qilish imkonini bergan.
Hozircha bu linzalar faqat sun’iy infraqizil manbalar bilan ishlay oladi. Shunga qaramay, tadqiqotchilar ularning sezgirligini oshirib, tirik mavjudotlar va buyumlarning tabiiy issiqlik nurlanishini ham qabul qila oladigan darajaga yetkazish ustida ish olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Koreya ilg‘or texnologiyalar instituti (KAIST) olimlari ko‘z to‘r pardasidagi nerv hujayralarining tiklanishiga to‘sqinlik qiluvchi oqsilni aniqlab, uning faoliyatini bloklay oladigan dori vositasini ishlab chiqqandi.
Live
Barchasi