Trampga qarshi qo‘yilgan ba’zi ayblovlar bekor qilindi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampga 2020 yilgi Prezident saylovlariga aralashgani uchun Jorjiya shtatida qo‘yilgan barcha ayblovlar bekor qilindi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Jorjiya shtati prokurori Piter Skandalakis o‘z bayonotida bu ishni davom ettirishdan hech qanday naf yo‘qligini aytgan. 

“Amaldagi Prezident Jorjiyaga sudda ishtirok etish uchun keladi, degan real imkoniyat yo‘q. Shu sababli, ishni davom ettirish foydasiz va natijasiz bo‘ladi”, degan Skandalakis. 

Prokuror, shuningdek, sud bu qarorni ma’qullaganini ta’kidlagan. Trampning advokati Stiven Sedou  ayblovlarning bekor qilinishini ijobiy baholab, ish umuman ochilmasligi kerak edi, degan fikr bildirgan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda Fani Uillis (Fulton okrugi prokurori) Trampning Jorjiya saylovlariga aralashuvi bo‘yicha tekshiruvni boshlagan. 2023 yilning avgustida Tramp va uning 18 ittifoqdoshi ayblangan. Ayblovlar orasida Jorjiya shtati korrupsiyaga qarshi qonunini buzish ham bor edi.

2020 yilgi saylovlarda mag‘lub bo‘lgach, Tramp to‘rtta jinoiy ishga duch kelgan, ulardan biri Jorjiya ishidir. Shu ish tufayli 2023 yil avgustda u qisqa muddatga hibsga olingan, so‘ngra 20 daqiqadan keyin qamoqdan chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Adliya vazirligiga jinsiy jinoyatchi Jeffri Epshteyn bo‘yicha uzoq yillik tergov materiallarini oshkor qilishni majburiy etuvchi qonunni imzolagandi. Materiallar Epshteynning faoliyatiga yanada ko‘proq oydinlik kiritishi mumkin – u 2008 yilda voyaga yetmaganni fohishalikka jalb qilish ayblovi bilan sudlanishidan oldin Tramp va boshqa taniqli shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan. Mazkur janjal oylar davomida Tramp uchun og‘riqli masala bo‘lib keldi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Jorjiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing