Tramp Putin bilan gaplashganini tasdiqladi
Olam
−
10 fevral
5959AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Ukraina mojarosini hal etish masalasida telefon orqali suhbatlashganini aytdi. Shuningdek, u jangovar harakatlarni tez orada to‘xtatishga umid bildirdi. Bu haqda u “New York Post” nashriga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Men yaxshisi jim turaman”, dedi Donald Tramp Rossiya Prezidenti bilan necha marta muloqot qilgani haqidagi savolga javoban.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin odamlar o‘lishdan to‘xtashini istaydi. Shuningdek, AQSH Prezidentining aytishicha, u mojaroni to‘xtatish bo‘yicha aniq rejalarga ega.
“Umid qilamanki, bu tez hal bo‘ladi. Har kuni odamlar halok bo‘lmoqda. Men bu la’nati narsaga yakun yasashni istayman”, deydi Donald Tramp.
U, shuningdek, milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Mayk Uolsga uchrashuv tashkil qilish haqida topshiriq bergan. Bundan tashqari Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan nodir metallar va gazga oid 500 million dollarlik bitim tuzish niyati borligini aytgan. Unga ko‘ra, AQSH bunga javoban har qanday potensial tinchlik bitimi doirasida Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Rossiya va Ukraina rasmiylari bilan “juda jiddiy muzokaralar” bo‘lib o‘tganini aytgan edi. O‘sha kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva va Vashington o‘rtasida Ukraina mojarosi bo‘yicha alohida idoralar orqali aloqa davom etayotganini bildirgan.
LiveBarchasi