Tramp Malayziyaga raqs bilan kirib bordi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp bugun, 26 oktyabr kuni Kuala-Lumpurda qizil gilam bilan kutib olindi. Air Force One samolyoti qo‘ngach, Amerika va Malayziya bayroqlarini ko‘targan maxsus mezbonlar Prezidentni qo‘l silkib kutib oldi.

Tramp samolyotdan tushib, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim bilan iliq salomlashdi va faxriy qoravul safidan o‘tib yuqori martabali amaldorlar bilan ko‘rishdi.

Shu paytda milliy musiqa yangradi va an’anaviy kiyimdagi raqqosalar chiqish qildi. Prezident ular tomon yo‘nalib, musiqa sadolariga hamohang ravishda belini tebratdi, qo‘llarini ko‘tarib biroz raqsga tushdi – bu qisqa, lekin yodda qolarli lahza bo‘ldi.

Tramp qo‘lida Amerika va Malayziya bayroqlarini ushlab, tabassum bilan yig‘ilgan ommani qarshi oldi va keyin kortejiga yo‘naldi.

Tramp Osiyodagi ikki mintaqaviy sammitda ishtirok etadi, u yerda Xitoy rahbari Si Szinpin hamda boshqa yetakchilar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

Tramp Xitoy rahbari bilan bo‘ladigan muzokaralarda “keng qamrovli kelishuv”ga erishishni umid qilmoqda. Bu muzokaralar ikki mamlakat o‘zaro yangi savdo cheklovlarini joriy etganidan keyin o‘tkazilmoqda, bu esa bir necha oylik nisbiy barqarorlikni buzdi va ikki yetakchi iqtisodiyot o‘rtasidagi munosabatlarni yana nozik ahvolga soldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Malayziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing