Tramp Eron yadroviy inshootlarini “yo‘q qilish” bilan yana tahdid qildi
Olam
−
29 iyul 3882 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp, agar Tehron ularni qayta ishga tushirishga urinsa, Eronning yadroviy inshootlariga yana zarba berishga va’da berdi. Bu haqda u kecha, 28 iyul kuni Shotlandiyada Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuvi chog‘ida matbuotga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Biz ularning (Eronning) yadroviy imkoniyatlarini yo‘q qildik. Ular yana boshlashlari mumkin. Agar shunday qilsa, biz ularni (yadroviy inshootlarni) bir deganda yo‘q qilamiz”, dedi Tramp
21 iyul kuni Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida AQSH yadroviy inshootlariga zarba berganiga qaramay, Tehron uran boyitishdan voz kechmasligini aytgandi. TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “zarar jiddiy va og‘ir” bo‘lgani uchun u to‘xtatilgan.
“Ammo biz boyitishdan voz kecholmasligimiz aniq, chunki bu bizning olimlarimizning yutug‘idir”, degan Aroqchi bu “milliy g‘urur masalasi” ekanini qo‘shimcha qilib.
Shuningdek, u har qanday kelajakdagi yadroviy kelishuv Eronga bu jarayonga huquq berishi kerakligini ma’lum qildi.
“Agar tajovuz takrorlansa, biz qat’iyroq va yashirib bo‘lmaydigan tarzda javob berishdan tortinmaymiz. Hamma bilishi kerakki, biz eronliklar tinch yadroviy dasturimizni sotib olmaganmiz; biz uni qon, ter va ko‘z yoshlar bilan qurdik. Bizning qudratli inson resurslarimiz tomonidan ishlab chiqilgan texnologiya va nou-xauni bombardimon qilish yo‘li bilan yo‘q qilib bo‘lmaydi”, deb yozdi Aroqchi kecha, 28 iyul kuni X'dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 22 iyunga o‘tar kechasi AQSH harbiylari Eron yadroviy dasturining uchta joyiga – Fordo, Natanz va Isfaxonga havodan zarbalar bergandi. Donald Tramp xalqqa qilgan murojaatida Tehrondagi uranni boyitish bo‘yicha asosiy inshootlar yo‘q qilinganini aytdi. Keyin Eron rasmiylari hujum faktini tasdiqladi, ammo bu tuzatib bo‘lmaydigan zarar keltirmaganini ta’kidladi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr