Tramp Chikagoni dunyodagi eng qo‘rqinchli shahar deb atadi
Olam
−
03 Sentabr 6451 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirib, Chikagoni dunyodagi eng qo‘rqinchli va eng xavfli shahar deb atadi. Bu haqda u kecha, 2 sentyabr kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
AQSH Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, dam olish kunlari Chikagoda kamida 54 kishi otishmadan yaralangan va ulardan 8 nafari halok bo‘lgan.
“So‘nggi ikki haftaning oxiri ham deyarli shunday o‘tdi. Chikago – dunyodagi eng qo‘rqinchli va xavfli shahar, shubhasiz. Priskerga (Illinoys shtati gubernatori) yordam juda zarur. U shunchaki hali buni bilmaydi. Men jinoyatchilik muammosini tezda hal qilaman, xuddi Vashingtonda bo‘lgani kabi. Chikago tez orada yana xavfsiz bo‘ladi”, deydi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyi boshida Tramp tartibni tiklash uchun Vashingtonga Milliy gvardiya xodimlarini yuborgan edi. Shuningdek, u jinoyatchilikka qarshi choralar doirasida Vashington politsiyasi federal nazoratga o‘tkazilishini e’lon qilgan. Trampning aytishicha, u shaharni “ilgari hech qachon bo‘lmagandek xavfsiz va go‘zal” qilmoqchi.
Live
Barchasi