Tramp Balogunni o‘yinga qaytarishni so‘rab Infantinoga qo‘ng‘iroq qildi

Sport

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp shaxsan FIFA prezidenti Janni Infantinodan AQSH milliy terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning Jahon chempionatining 1/8 final uchrashuvi uchun belgilangan diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘ragan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Tramp o‘tgan hafta Infantinoga qo‘ng‘iroq qilib, mazkur masala yuzasidan shaxsan murojaat qilgan.

Avvalroq, FIFA intizom qo‘mitasi Balogunning diskvalifikatsiyasini to‘xtatib turgani va unga Belgiyaga qarshi bo‘lajak uchrashuvda maydonga tushishga ruxsat berganini xabar qilgan edi. Keyinchalik Tramp bu qaror uchun FIFAga minnatdorchilik bildirdi. U o‘zining “Truth Social” sahifasida federatsiya “to‘g‘ri qaror qabul qildi va katta xatoni tuzatdi”, deb yozdi.

Balogun 1/16 finalda Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahsda (2:0) himoyachi Tarik Muharemovichga nisbatan qo‘pol harakat qilgani uchun qizil kartochka olgan edi.

Amerikalik hujumchi raqibining oyog‘ining orqa qismiga butsasining tishlari bilan zarba bergan. Amaldagi qoidalarga ko‘ra, u keyingi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kerak edi.

Ma’lumot uchun, AQSH va Belgiya o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvi ertaga, 7 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing