Tramp Bag‘dodiyning vorisi ham yo‘q qilinganini tasdiqladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp ISHID terrorchilik guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning ehtimoliy vorisi AQSH harbiylari tomonidan yo‘q qilingani haqida o‘zining Twitter`dagi sahifasida yozdi.

"Ular shunchaki Abu Bakr al-Bag‘dodiyning vorisi Amerika qo‘shinlari tomonidan yo‘q qilinganini tasdiqlashdi. Ehtimol u bu lavozimni egallashi mumkin edi. Ammo hozir u ham o‘lgan!"

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 27 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Suriyaning Idlib viloyatida al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinganini e’lon qildi. AQSH Prezidenti Rossiya, Iroq, Suriya va Turkiyaga ushbu operatsiyani bajarishda ko‘rsatgan yordamlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi al-Bag‘dodiyning yo‘q qilinishi haqida ishonchli ma’lumotga ega emasligini aytdi. Xalqaro hamjamiyat terrorizmga qarshi kurashni davom ettirishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar