Tramp Aliyevning nutqini tarmoqlarda bo‘lishdi

Olam

image

AQSH Prezident Donald Tramp bugun, 22 iyul Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyevning Xonkendida bo‘lib o‘tgan uchinchi Shusha xalqaro media-forumidagi o‘zi haqida aytilgan fikrlari aks etgan videoni Truth Social tarmog‘ida e’lon qildi.

Unda Ilhom Aliyev Donald Trampning prezidentlikka saylangani Ozarbayjon uchun qanday manfaatlar keltirishi hamda Tramp qanday xarakterdagi rahbar ekanini aytib o‘tgan.

“Men Trampning g‘alabasini oldindan bashorat qilmadim. Shunchaki Ozarbayjon xalqi uchun afzalroq bo‘lishini tiladim. Tramp ham biz kabi asosiy qadriyatlarni, shu jumladan oilaviy qadriyatlarni e’zozlaydigan Prezident”, deydi Aliyev.

 Shuningdek, Ilhom Aliyev Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi mojaroning yakunlanishida Trampning rolini e’tirof etib, unga minnatdorlik bildirgan hamda uni AQSH tarixidagi urush boshlamagan yagona Prezident deb atagan.

“U AQSH prezidentlaridan urush boshlamagan yagona odam. Va uning hokimiyatdagi qisqa muddati davomida u urushlarni tugatayotgan odam ekanini ko‘rish mumkin. Shuningdek, biz Ozarbayjon va Armanistonga yordam bergani, natijada kelishuvga erishilgani uchun undan juda minnatdormiz”, deydi Ozarbayjon rahbari.

Nutqida Aliyev Prezident Trampga barcha ishlarini oxiriga yetkazishida tilakdosh ekanini bildirgan hamda Vashington “botqog‘i” masalasida ham qo‘ldan kelgancha yordam berishini ta’kidlagan.

“Xalqaro xavfsizlikning global masalalari bilan band bo‘lishiga qaramay, u Janubiy Kavkazdagi vaziyatni ham o‘z ko‘z o‘ngida ushlab turadi. Biz Ozarbayjonda, albatta, u ko‘p sabablarga ko‘ra g‘alaba qozonganidan xursandmiz va tabiiyki, biz unga ishni oxirigacha yetkazishini tilaymiz, ayniqsa Vashington botqog‘iga kelsak, uni oxirigacha quritamiz”, deydi Ilhom Aliyev.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 19 iyul kuni Xonkendida bo‘lib o‘tgan uchinchi Shusha xalqaro media-forumida qantashgandi. Ukrainalik jurnalist Dmitriy Gordonning savoliga javob berar ekan, Prezident Aliyev 3 yildan beri Rossiya bosqiniga qarshi kurashayotgan mamlakat va uning aholisiga hech qachon taslim bo‘lmaslikni maslahat berdgandi.

Dilshod Hakimov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ozarbayjon Ilhom Aliev Ukraina Armaniston Dmitriy Gordon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing