Tramp AQSH uchinchi dunyo mamlakatiga aylanishini bashorat qildi
Olam
−
21 Sentabr 2021
12473Amerika Qo‘shma Shtatlari migratsion inqiroz tufayli yaqin kelajakda uchinchi dunyo davlatiga aylanishi mumkin. AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp shunday taxminni bildirmoqda.
“Yaqinda Qo‘shma Shtatlar uchinchi dunyo mamlakati bo‘ladi. Hozir chegaramizda sodir bo‘layotgan voqea avval hech qachon bo‘lmagan. Millionlab odamlar allaqachon kirib kelgan, lekin yanada ko‘prog‘i yo‘lda”, deyiladi Trampnning matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
AQSH Prezidenti Joy Bayden joriy yilning yanvar oyida hokimiyatga kelgach, “yangi immigratsiya siyosati”ni e’lon qilib, sohadagi qonunchilikni yumshatdi.
O‘shandan beri Qo‘shma Shtatlarga kirmoqchi bo‘lgan muhojirlar oqimi sezilarli darajada oshdi va hozirda XXI asr boshidan beri maksimum darajaga yetdi.
Avvalroq, Tramp Amerika Qo‘shma Shtatlarining uch yillik umri qolganini, keyin mamlakat tanazzulga uchrashini bashorat qilgandi.
LiveBarchasi