Tramp Afrikadagi G20 sammitida qatnashmaydi
Olam
−
06 Sentabr 3505 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Janubiy Afrika Respublikasida 22-23 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashmaydi. Bu haqda u kecha, 5 sentyabr kuni Oq uyda ma’lum qildi.
G20 yetakchilari uchrashuvida Oq uy rahbari o‘rniga AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens ishtirok etadi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, G20 sammiti 2026 yil dekabr oyida uning golf klubi va Mayami yaqinidagi Doral shahridagi kurort-mehmonxona majmuasi hududida bo‘lib o‘tadi.
“Ha, u Doralda bo‘lib o‘tadi. Hamma u yerda bo‘lishini xohlaydi, chunki kurort aeroportga yaqin, eng yaxshi joy, go‘zal”, dedi Tramp.
Respublikachi uchrashuv tashkil etishdan pul ishlamasligini ta’kidladi.
“Bu pul haqida gap ketmaydigan shartnoma”, dedi u.
Tramp, shuningdek, AQSHda bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpinni mehmon qilishdan xursand bo‘lishini aytdi.
Tramp Janubiy Afrikani “genotsid”da aybladi
21 may kuni Janubiy Afrika prezidenti Siril Ramafosaning Oq uyga tashrifi chog‘ida Donald Tramp Janubiy Afrikada go‘yoki oq tanli fermerlar ommaviy ravishda o‘ldirilayotganini aytdi.
Ramafosa oq tanli ozchilikning “genotsid” ayblovlarini qat’iyan rad etdi. Uning so‘zlariga dalil sifatida AQSH Prezidenti bir nechta fotosuratlarni ko‘rsatdi.
Keyinroq “Reuters”ning xabar qilishicha, ushbu suratlardan birida Kongo Demokratik Respublikasining Goma shahrida isyonchilar bilan to‘qnashuvdan so‘ng qutqaruvchilar jasadlari bo‘lgan sumkalarni ko‘tarib ketayotgani tasvirlangan. Ommaviy qotilliklarning yana bir dalili sifatida Tramp qishloq yo‘li bo‘ylab yuzlab oq xochlar tasvirlangan kadrlarni taqdim etdi.
Oq uy rahbarining ta’kidlashicha, bular mingga yaqin o‘ldirilgan oq tanli fermerlarning qabridir. Aslida, KNA ma’lumotlariga ko‘ra, tasvirlar 2020 yilda Janubiy Afrikaning sharqiy qismidagi namoyishdan olingan.
Live
Barchasi