Habibni o‘z kitobimga kiritdim – Tramp

Sport

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp sobiq UFC yengil vazn toifasi chempioni Habib Nurmagomedovning eng katta muxlislaridan biri hisoblanadi. Bu haqda sportchining menejeri Ali Abdulaziz “Pound 4 Pound Show” dasturida ma’lum qildi.

“Prezident Tramp ikki nafar jangchini hammadan ko‘proq yaxshi ko‘radi – amerikalik Jastin Getji va Habib. U Habibning eng katta muxlisi. Men undan: “Nega Habibni bunchalik yaxshi ko‘rasiz?” deb so‘radim. U esa: “Men Habibni o‘z kitobimga kiritdim”, deb javob berdi”, – deydi Ali Abdulaziz.

Ma’lumot uchun, Habib Nurmagomedov 2021 yilda professional faoliyatini 29 ta g‘alaba va hech bir mag‘lubiyatsiz yakunlagan. U 2022 yilda UFC Shon-sharaf zaliga kiritilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing