“Tottenxem” 50 million funtlik transferni amalga oshirmoqchi
Sport
−
30 iyun 2022 3012 1 daqiqa
Braziliya terma jamoasi va “Everton” klubining hujumchisi Risharlison “Tottenxem”ga o‘tadi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Qayd etilishicha, London klubi 25 yoshli hujumchi uchun 50 million funt va bonuslar to‘laydi. “Tottenxem” va “Everton” transferning barcha tafsilotlari bo‘yicha kelishib oldi va tomonlar shartnomani yopish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning birinchi qismini imzolashdi. Shuningdek, “shporlar” hujumchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha ham to‘liq kelishuvga erishdi. Hozirda Risharlison Braziliyada "Tottenxem" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda hujumchi “Everton” safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 48 million yevroga baholamoqda.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025