Toshkentning modernizm me’morchiligi ob’ektlari UNESCO ro‘yxatiga kiritildi
Jamiyat
−
26 iyul 4707 1 daqiqa
Toshkent shahridagi modernizm me’morchiligi ob’ektlari UNESCO’ning xalqaro ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Bugun Pusan shahrida o‘tkazilayotgan UNESCO Umumjahon merosi qo‘mitasining 48-sessiyasida mamlakatimiz uchun juda muhim voqea ro‘y berdi.Toshkentning modernizm me’morchiligi ob’ektlari ushbu tashkilotning nufuzli Xalqaro ro‘yxatiga rasman kiritildi”, deydi u.
(22).png.jpg)
Saida Mirziyoyevaning bildirishicha, so‘nggi 25 yilda O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan milliy nominatsiya ilk bor shunday yuksak maqomga sazovor bo‘lgan. Bu faqatgina bir nechta binoning emas, zilziladan keyingi Toshkentning qayta bunyod etilishi bilan bog‘liq butun bir davrning e’tirofi.
“O‘sha yillari poytaxtimiz zamonaviy arxitektura, Markaziy Osiyo an’analari va o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini mujassam etgan butkul yangi va betakror qiyofa kasb etgan.O‘zbekistonning xalqaro maydondagi navbatdagi g‘alabasi – boy me’moriy asrab-avaylash, kelajak avlodga bezavol yetkazish yo‘lidagi yana bir muhim qadam xayrli va bardavom bo‘lsin!” deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.
(31).png.jpg)
(24).png.jpg)
(25).png.jpg)
(26).png.jpg)
(27).png.jpg)
(28).png.jpg)
(29).png.jpg)
(30).png.jpg)
Live
Barchasi