Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobuslar qatnovi bekor qilindi
Jamiyat
−
25 fevral 2021 6688 1 daqiqa
Noqulay ob-havo sharoiti sababli 25 fevral sanasidagi Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari bekor qilindi. Bu haqda “Toshkent” avtovokzali matbuot xizmati xabar berdi.
Avtovokzal ma’lumotlariga ko‘ra, avtobuslar Toshkentdan 17 yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, Navoiy, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Nukus, Urganch va boshqa shaharlarga qatnaydi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni avtovokzalning (71) 207-87-00 telefon raqami orqali olish mumkin.
Avvalroq, 25 fevral kuni Toshkentda tuman tushib, harorat kechasi 7-9° sovuq, kunduzi 3-5° sovuq bo‘lishi kutilayotgani xabar qilingandi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust