Toshkentdagi tarixiy yodgorlikka 31,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
3-sahifa
−
26 iyun 2025 4749 1 daqiqa
Toshkent shahrida joylashgan tarixiy yodgorliklardan birining hududidan kanalizatsiya quvuri o‘tkazilishi oqibatida unga 31,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarining birida Toshkent shahridagi VI-XV asrlarga oid “Xonobodtepa” arxeologiya yodgorligi hududi orqali ixtisoslashgan korxona tomonidan 257 metr uzunlikdagi kanalizatsiya quvuri o‘tkazilib, yodgorlikning 961 metr kub qismiga 27 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, ushbu korxona tomonidan yodgorlikning yana 160 metr kub qismi ekskavator yordamida kovlanib, 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan korxona mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ta’minlanib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining bir necha hududida o‘tkazilgan tekshiruvlardan so‘ng, 13 ta yodgorlikka 342 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangandi.
Live
Barchasi