Toshkentdagi mehmonxonada aholining tinchini buzgan Isroil fuqarosi qamaldi

3-sahifa

image

Toshkentdagi mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib, fuqarolarning tinchini buzgan Isroil fuqarosi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Hodisa joriy yilning 16 aprel kuni sodir bo‘lgan. Mehmonxona xodimi 22:30 da IIBB ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, Isroil fuqarosi bo‘lgan mijoz A.X. mehmonxonada kechasi baland ovozda musiqa qo‘yib fuqarolarning tinchligini buzganini, mast holatda mehmonxonaga peshob qilganini bildirgan.

A.X. esa IIO xodimlari uni IIB bo‘limiga taklif qilishganida borishdan bosh tortib, IIO xodimlarining qonuniy talabini bajarmagan.

16 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida huquqbuzar A.X. aybiga iqrorlik bildirib, o‘sha kuni uyida spirtli ichimlik iste’mol qilganini, O‘zbekistonga “Pasxa” bayrami munosabati bilan ota-onasi qabrtoshlarini yangilash uchun kelganini, mehmonxonada baqir-chaqir qilganini, mast holatda bo‘lgani sababli xodimlar IIOga taklif qilishganida borishdan bosh tortganini, ularga qarshilik ko‘rsatganini, mehmonxonaga yetgan zararlarni qoplab berishini, qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, yengillik berishni so‘ragan.

Sud qaroriga ko‘ra, A.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 192-moddasi (maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish) va 194-moddasining 1-qismida (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) ko‘rsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 183-modda bilan 15 sutka ma’muriy qamoq hamda 192-modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir baravari, ya’ni 113.000 so‘m jarima jazosi va 194-moddaning 1-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari, ya’ni 340.000 so‘m jarima jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Isroil fuqarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing