Toshkentdagi kompyuter klubida 2 o‘quvchi pichoqlandi (video)
3-sahifa
−
19:17 2175 1 daqiqa
Toshkent shahar Olmazor tumanida 19 yoshli yigit kompyuter klubida unga salom bermagani sababli ikki nafar voyaga yetmagan o‘quvchini pichoqladi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yigit klubga kirib, bolalar bilan yomon ohangda suhbatlashgan. Oqibatda o‘zaro janjal kelib chiqqan va yigit oldidagi pichoq bilan ikki o‘quvchiga tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda yigit qamoqqa olingan va tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida17 yoshli o‘smir o‘z tanishiga pichoq bilan tan jarohati yetkazib, qasddan o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi.
Farangiz Sunnatova