Toshkentdagi “dom”da yong‘in yuz berdi
3-sahifa
−
12 may 2023 8384 1 daqiqa
Kecha, 11 may kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, 11 may kuni soat 15:24 da Yunusobod tumani 14-daha “Sevinch” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risidagi xabar shahar FVBga kelib tushgan. Qutqaruvchilar soat 15:32 da voqea joyiga yetib borgan va oradan 22 daqiqa o‘tib yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida xonadonning 40 kv m maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi