Toshkentdagi ayrim ko‘chalar vaqtincha yopildi
Jamiyat
−
08 Oktabr 3242 1 daqiqa
Bugun, 8 oktyabr kunidan boshlab Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek hamda Yashnobod tumanlaridan o‘tuvchi yo‘llarning ma’lum bir qismi yopiladi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Mirzo Ulug‘bek hamda Yashnobod tumanlari hududidan o‘tuvchi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi (Ohangaron shossesidan D012 avtomobil yo‘ligacha), Jasorat ko‘chasi va Do‘stlik ko‘chalaridagi avtomobil yo‘lining yuqori qatlamiga PSHMA-20 turdagi asfalt-beton qoplamasi yotqizilmoqda.

Ushbu ta’mirlash ishlari ortidan esa yuqoridagi hududlar bugun, 8 oktyabr kunidan boshlab 20 oktyabr kunigacha transport vositalari uchun yopiq bo‘ladi.
Live
Barchasi