Toshkentda yana daraxtlar “qirildi”
3-sahifa
−
25 may 2023
7726Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda daraxtlar kesilishi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi. Tabiat resurslari vazirligi daraxtlar obodonlashtirish boshqarmasi brigadasi tomonidan tegishli xulosa asosida amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Bildirilishicha, mazkur holat Toshkent shahar Tabiat resurslari boshqarmasi Yakkasaroy tuman inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi. Unga ko‘ra, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasidagi savdo markazining old tomonida joylashgan mazkur chinor daraxtlarida tana qismi qurigani, yashovchanlik holati mavjud emasligi aniqlangan.
“Toshkent shahar Tabiat resurslari boshqarmasi mutaxassislari tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra, Toshkent shahar obodonlashtirish boshqarmasi brigadasi tomonidan kesish ishlari amalga oshirilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda daraxt va butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazganlik uchun jarima miqdorlari oshirilgan edi. 3 may kuni Oliy Majlis Senatining qirqinchi yalpi majlisida noqonuniy daraxt kesganlik yoki kundakov qilganlik uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 4 ta moddasida javobgarlik belgilangan. Mazkur moddalarda bir xil ma’muriy huquqbuzarlik uchun turli miqdordagi jarimalar va nomutanosiblik mavjudligi inobatga olinib, o‘zgartishlar orqali bir turdagi ma’muriy huquqbuzarlikka nisbatan bitta moddada bir xil javobgarlikni belgilash nazarda tutilgan edi.
LiveBarchasi