Toshkentda yana bir yo‘l vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
17 may 3843 1 daqiqa
Bugun, 17 may kunidan e’tiboran Toshkent shahridagi Ziyolilar ko‘chasining bir qismi 2 kunga yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida olib boriladigan qurilish-montaj ishlari sababli Ziyolilar ko‘chasining Do‘rmon yo‘li ko‘chasi kesishmasidan Qalandar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 17 may soat 22:00 dan 19 may soat 08:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.

Hokimlik ko‘rsatilgan davr mobaynida haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “O‘zbekiston ovozi” ko‘chasining ma’lum bir qismi 1 oydan ko‘p vaqtgacha yopiq bo‘lishi aytilgandi.
Live
Barchasi