Kurs UZS

USD

12 968.38

-4.93

EUR

14 343.03

14.01

RUB

152.37

1.18

Toshkentda tez yordam bemorni “pod’ezd”ga tashlab ketdimi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar tez tibbiy yordam brigadasi xodimlari tomonidan bemor 4 soat davomida bir necha tibbiyot muassasasiga olib borilgani, yakunda u ko‘p qavatli uy yo‘lagida qoldirib ketilgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Respublika tez tibbiy yordam markazi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro M.B. (1953 yilda tug‘ilgan, uyi va aniq yashash manzili yo‘q) nomiga 2025 yil 23 fevraldan boshlab tez tibbiy yordam xizmatiga bir necha marotoba murojaatlar qayd qilingan va har safar unga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, M.B.ni  4-son va 1-son shahar klinik shifoxonalariga bir necha marta olib borilgan. Jumladan, kecha, 6 mart kunining o‘zida uning nomidan 4 marta chiqiruv uyushtirilgan va hammasida tibbiy xizmatdan foydalangan.

6 mart kuni dastlab soat 10:53 da Bo‘zsuv 1/21 manziliga shu yerda yashovchi fuqaro tomonidan chaqiriq berilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi o‘z vaqtida yetib borib, bemorni birlamchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazgan. So‘ngra u 1-son shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan. Qabul bo‘limida shoshilinch holat inkor qilingach, u yashash manzili aniq bo‘lmagani uchun 102 xizmatiga xabar berilib, olib ketilgan manzilga keltirib qo‘yilgan.

Keyingi chaqiriq esa soat 13:34 da Bo‘zsuv 1/21 manziliga IIB xodimi tomonidan amalga oshirilgan. Voqealar rivoji deyarli bir xilda davom etadi, faqat yakunda bemor bu safar yashash manzilini Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 421-uy deb ko‘rsatgani sababli tibbiy brigada tomonidan “Call markaz” katta shifokori hamda 112 va 102 xodimlari bilan gaplashilib, aytilgan manzilga keltirib qo‘yilgan.

Soat 19:48 da Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi 421-uy manziliga yo‘lovchi fuqaro tomonidan navbatdagi chaqiruv bo‘ladi. Tez tibbiy yordam brigadasi o‘z vaqtida yetib boradi. Bemorni birlamchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi. Shoshilinch holat inkor qilinib, u manzilning o‘zida qoldiriladi.

To‘rtinchi chaqiruv kechki payt soat 20:31 da Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi 421-uy manziliga IIB xodimi tomonidan amalga oshirilgan. Tez tibbiy yordam brigadasi tezkor ravishda vaqtida yetib boradi va joyida bemorni birlamchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazadi.

IIB xodimi taklifi bilan yana qaytadan 1-shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan. Qabul bo‘limida mutaxassis tomonidan qo‘yilgan “o‘ng tomonlama sut bezining yiringli yarasi” tashxisi asosida qabul bo‘limida qoldirilgan.

“Fuqaro M.B. ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar filialida rejali ravishda muolajalar olmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent chaqiriq tez tibbiy yordam

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing