Toshkentda ona ikki farzandi va o‘zini “dom”ning derazasidan tashladi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Olmazor tumanida ayol ko‘p qavatli uydan ikki farzandi va o‘zini tashlagani haqida xabarlar tarqaldi. QALAMPIR.UZ holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu dahshatli voqea kecha, 17 sentyabr kuni soat 14:18 larda sodir bo‘lgan. Olmazor tumanida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan ayol turmush o‘rtog‘i bilan kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida 2022 va 2024 yillarda tug‘ilgan ikki nafar o‘g‘il farzandini o‘zlari yashab turgan uyning 4-qavati, yo‘lak derazasidan pastga tashlab yuborgan. So‘ngra o‘sha ko‘p qavatli uyning 8-qavatidagi yo‘lak derazasidan o‘zini ham pastga otgan. 

Hodisa oqibatida ayol shifoxonada vafot etgan, ikki voyaga yetmagan bolaning hayoti saqlab qolingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etish joiz, ayolning o‘zini pastga tashlab, yerda yuztuban yotgani aks etgan videolar tarmoqlarda tez fursatda tarqaldi. Foydalanuvchilar onaning bu harakatini keskin qoralamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, poytaxtda shu kabi holat 2023 yilda ham qayd etilgandi. 27 yoshli ona o‘zi va bolalarini ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan tashlagan va oqibatda ayol va 3 farzandi vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Hayot Shamsutdinov Olmazor qasddan odam o'ldirishga suiqasd qilish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing