Toshkentda Nexia ustunga urilishi oqibatida haydovchi vafot etdi
3-sahifa
−
31 yanvar 2022 5757 1 daqiqa
Toshkent shahri Olmazor tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia-3 rusumli avtomobil yo‘l chetidagi beton ustunga urildi. Hodisa oqibatida haydovchi vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi bugun, 31 yanvar kuni taxminan soat 02:20 larda Muxbir ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, 1998 yilda tug‘ilgan U.F. Nexia-3 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan. Haydovchi olgan tan jarohatlari sabab shifoxonaga olib borilgan vaqtida vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025