Toshkentda Nexia uch qavatli ko‘prik to‘sig‘iga osilib qoldi
3-sahifa
−
17 iyul 2023 9127 1 daqiqa
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 21 yoshli yigit Nexia-3 mashinasini uch qavatli ko‘prik to‘sig‘iga urib oldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, voqea bugun, 17 iyul kuni soat 04:10 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Parkent ko‘chasi TAPOiCh yo‘l o‘tkazgichida yuz bergan. 21 yoshli yigit Nexia -3 rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan. YTH oqibatida hech kim tan jarohat olmagan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr