Toshkentda narkotik savdosi bilan shug‘ullangan ukrainaliklar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrida giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan xorij fuqarolari qo‘lga olindi. Ulardan qariyb 2 kilogrammga yaqin mefedron, gashish va alfa-PVP turidagi giyohvandlik vositalari aniqlangan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Ukraina fuqarolari bo‘lgan 1994, 1997 va 2001 yillarda tug‘ilgan uch nafar shaxs qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ular joriy yilning 12 iyun kuni O‘zbekistonga kelgan va Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi ikki xonadonda vaqtincha istiqomat qilgan.

Mazkur xonadonlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, poytaxtning turli hududlarida “zakladka” usulida tarqatish uchun tayyorlangan giyohvandlik vositalari topilgan. Tekshiruvlar natijasida ushbu shaxslardan gashish, mefedron va alfa-PVP turidagi giyohvandlik vositalari aniqlangan bo‘lib, ularning umumiy og‘irligi 1 kilogramm 945 grammni tashkil etgan.

Shuningdek, internet orqali narkotik savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruh tomonidan mazkur fuqarolarga keyinchalik qayta qadoqlab tarqatish uchun yashirilgan yana 460 gramm mefedron va alfa-PVP ham ashyoviy dalil sifatida olingan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar giyohvandlik vositalarini poytaxt hududida “zakladka” usuli orqali tarqatish bilan shug‘ullangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan hamda tergov harakatlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri va viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida mefedron hamda gashish savdosi bilan shug‘ullangan bir necha og‘ufurushlar qo‘lga olingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing