Toshkentda metro bekatining tomi qulab tushdi (video)
Jamiyat
−
16:30 5376 1 daqiqa
Bugun, 16 iyul kuni Toshkent metrosining “Turon” metro bekatida tom konstruksiyasining bir qismi qulab tushdi. Oqibatda ikki nafar yo‘lovchi tan jarohati oldi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 14:34 da sodir bo‘lgan. Harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida mazkur bekatda metro poyezdlari harakati zudlik bilan vaqtincha to‘xtatilgan. Jarohatlangan ikki nafar yo‘lovchiga voqea joyining o‘zida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, hozirda mutaxassislar tomonidan hodisa yuzasidan texnik o‘rganish ishlari olib borilmoqda hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, “Qipchoq” va “Quruvchilar” metro bekatlari oralig‘ida bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan.
Live
Barchasi