Toshkentda metroni suv bosdi (video)
3-sahifa
−
02 aprel 2023 29203 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda metroda suv oqish holati aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, videoda aks etgan holat "Amir Temur xiyoboni" bekatida yuz bergan.
Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sababli ko‘chalardagi maxsus irrigatsiya, ya’ni suv ketish yo‘llari (ariqlar) to‘lib qolgan va buning oqibatida yomg‘ir suvlari bekatga tusha boshlagan.
Ma’lum qilinishicha, bu holat mas’ullar tomonidan bartaraf etilgan va poyezdlar harakatiga hech qanday to‘sqinlik hosil qilmagan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr