Toshkentda mast erkak kanalda cho‘kib ketdi
O‘zbekiston
−
08 Iyul 2019 7471 1 daqiqa
Kecha, 7 iyul kuni Toshkentda mast erkak istirohat bog‘idan oqib o‘tuvchi kanalda cho‘kib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea soat 17:30 da yuz bergan. Chilonzor tumanida 39 yoshli xorazmlik erkak mast holda cho‘milishga qaror qilgan. U Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘ hududida kanalda cho‘milib cho‘kib ketgan.
Uning jasadini FVV qutqaruvchilari topishgan.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr