Toshkentda Malibu urib ketgan piyoda vafot etdi
Jamiyat
−
13 fevral 2022
6946Kecha, 12 fevral kuni Toshkentning Mirobod tumanida Malibu urib ketgan piyoda halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
YTH taxminan soat 23:00 da Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasida yuz bergan. Fuqaro I.A. Malibu avtomobilini boshqargan vaqtda piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida 45 yoshli piyoda voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
LiveBarchasi