Toshkentda iPhone uchun tanishini jarohatlagan shaxs ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida iPhone 17 Pro Max sababli tanishining yuzini o‘tkir tig‘li jism bilan jarohatlagan shaxs ushlandi. Bu haqda davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Toshkent shahrida yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 169- (o‘g‘rilik), 104-(qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 227-(Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish), 168-moddalari (firibgarlik) bilan bir necha marotaba sudlangan bo‘lsada, to‘g‘ri yo‘lga o‘tmasdan, hozirda “Malika” savdo majmuasida telefon oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib, o‘zgalarga nisbatan bezorilik, tovlamachilik va zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirib kelgan.

Xususan, u avvaldan o‘ziga tanish bo‘lgan fuqaroga pulini keyinroq berish sharti bilan 4 dona iPhone 17 Pro Max rusumli telefonini sotgan bo‘lsada, lekin o‘rtada yuzaga kelgan kelishmovchilik tufayli o‘tkir tig‘li jism bilan uning yuz va qorin qismiga ko‘p marotaba urib, jiddiy tan jarohati yetkazgan.

Bildirilishicha, hozirda u qo‘lga olinib, Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida o‘zidan “ko‘cha” yasab olgan, “Jommi Darital”, “Malish” va “Rasul qilich” nomlari bilan tanilgan uch kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular qamoqqa olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

bezorilik iPhone

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing