Toshkentda Cobalt avtobus bekatiga urilishi ortidan 2 kishi jarohatlandi

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Olmazor tumanida Cobalt mashinasi avtobus bekatiga borib urilishi ortidan ikki fuqaro jarohatlandi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea kecha, 25 sentyabr kuni soat 09:00 da tumanning Gulsaroy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi Cobalt rusumli avtomashinasida harakatlanib, rul boshqaruvini yo‘qotgan hamda yo‘l chetidagi avtobus bekatiga urilgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi va bekatda turgan fuqaroga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Sergeli tumanida Nexia-1 avtobus bekatiga borib to‘qnashgandi. YTH tufayli tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing