Toshkentda bayramda metro va avtobus qay tartibda ishlashi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni hamda shahar avtobus yo‘nalishlari harakati rejimiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Metro harakati:

Bayram kechasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida metro poyezdlari 31 dekabr kuni soat 05:00 dan 1 yanvar kuni soat 01:00 ga qadar uzluksiz ravishda xizmat ko‘rsatadi;

2025 yil 31 dekabr va 2026 yil 2 yanvar kunlari – metro poyezdlari shanba kuni jadvali asosida harakatlanadi;

2026 yil 1 yanvar kuni – metro poyezdlari yakshanba kuni jadvali bo‘yicha qatnaydi;

5 yanvar (dushanba) – ish kuni bo‘lib, metro harakati odatiy ish kuni jadvali asosida tashkil etiladi.

Avtobus yo‘nalishlari harakati:

Yangi yil bayrami munosabati bilan 2025 yil 31 dekabr kuni shahar avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar soat 01:00 ga qadar amalga oshiriladi;

2026 yil 1 dekabrdan 2026 yil 4 yanvar kuniga qadar shahar avtobus yo‘nalishlarida qatnovlar yakshanba kuni uchun belgilangan ish tartibi asosida tashkil etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avtobus metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing