Toshkentda ayolni urgan erkak qamaldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tamoqlarda Toshkent shahrida erkak kishi ayolga kuch ishlatgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holat joriy yilning 22 iyul kuni ro‘y bergan. Soat taxminan 13:30 da Mirobod tumanining Qo‘yliq-1 dahasi hududidagi ko‘p qavatli uylar oldida 1993 yilda tug‘ilgan S.A. o‘zaro kelishmovchilik oqibatida oldindan tanishi bo‘lgan 1999 yilda tug‘ilgan T.K.ga nisbatan kuch ishlatib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan jamoat tartibini buzgan. Biroq, jabrlanuvchi ichki ishlar organlariga hamda shifoxonaga murojaat qilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudiga yuborilgan. Sud tomonidan S.A.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent IIBB mayda bezorilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing