Toshkentda aka “quloqsiz” ukasini onlayn sotuvga qo‘ydi
3-sahifa
−
27 iyun 2025 20422 1 daqiqa
Kecha, 26 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda OLX onlayn savdo platformasiga 3 yoshli bola sotuvga qo‘yilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv choralari natijasida onlayn-savdo platformasiga mazkur e’lon qay manzil va qaysi akkauntdan joylashtirilgani tez fursatda aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahri Uchtepa tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi voyaga yetmagan I.A. (2012 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) shunchaki bolalarcha o‘ylovsiz tarzda, kichik yoshli ukasi A.M. (2022 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola)ni sho‘xligi uchun go‘yoki ta’zirini berish maqsadida onlayn platformaga sotuv haqida (o‘zi ochgan akkauntdan) e’lon joylashtirib, uning narxini 150 ming so‘m qilib ko‘rsatgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Uchtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan mazkur holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi