Toshkentda 19 yoshli bola 53 yoshli ayol o‘limiga sababchi bo‘ldi
3-sahifa
−
22 Oktabr 2021 7293 1 daqiqa
Toshkentda 19 yoshli yigit boshqaruvida bo‘lgan Nexia va 63 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Spark to‘qnashdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 53 yoshli ayol vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 22 oktyabr kuni soat taxminan 08:10 da Olmazor tumani Qamarniso ko‘chasida Nexia-3 ni boshqarib borgan 2002 yilda tug‘ilgan A.V. qoidani buzgan holda qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketgan.
Natijada 1958 yilda tug‘ilgan Z.X. boshqaruvidagi Spark bilan to‘qnashgan. YTH oqibatida Spark yo‘lovchisi bo‘lgan 53 yoshli M.X. vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.