Toshkentda havoning ifloslanishi yana hayot uchun xavfli darajaga chiqdi
Jamiyat
−
22 dekabr 2023
5224Toshkentda havoning ifloslanish darajasi siyohrang, ya’ni eng xavflilik nuqtasiga yetdi. Mahalliy vaqt bilan 11.30 dagi havoning ifloslanish darajasi 244 ballni tashkil etdi.
Shuningdek, ushbu ko‘rsatkich soat sayin ko‘tarilib bormoqda. Xususan, soat 11:00 lar atrofida Toshkent shahrining ko‘rsatkichi 166 daraja bilan qizil rangda, dunyo mamlakatlari reytingida 10-o‘rinda turgandi. Yarim soat ichida poytaxt havosi eng iflos shaharlar ro‘yxatida birdan 3-o‘ringacha ko‘tarildi.
Ayni vaqtda, Toshkent Hindistonning Dehli va Pokistonning Lahor shaharlaridan keyingi o‘rinni band qilib turibdi.
Shuningdek, Toshkentda havo tarkibidagi mayda zararli zarrachalar – PM2.5 konsentratsiyasi JSST havo sifati bo‘yicha yillik yo‘riqnoma qiymatidan 38,7 barobarga ortib ketgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zgidrometereologiya markazining mutaxassisi poytaxtda vaziyatning yomonlashishiga daraxtlarning, yashillikning kamayayotganini sabab sifatida keltirgandi.