Toşkentda havo sifati “juda noqulay”: aholiga tavsiyalar berildi

Salomatlik

−

image

Toşkentda keça, 27 oktyabrdan bugun, 28 oktyabrga ötar keçasi havo sifati yomonlaşib, ayrim kuzatuv nuqtalarida AQI indeksi böyiça “juda noqulay” körsatkiçlar qayd etildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi xabar berdi.

Milliy havo sifati indeksi böyiça şaharning örtaça körsatkiçi PM2.5 zarraçalari uçun “sariq”, PM10 zarraçalari uçun esa “zarğaldoq“ darajada böldi. 28 oktyabr kuni kunduzi havo sifati xalqaro AQI indeksi böyiça “qizil”, milliy indeks böyiça asosan “sariq”, ayrim vaqtlarda esa “zarğaldoq” darajada bölmoqda. Keçki soatlarda ham vaziyat şunday saqlanişi mumkin.

Havo sifati yomonlaşişiga haroratning pasayişi, şamolning juda kuçsizligi hamda mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan havo massalarining şahar atrofida töplanişi sabab bölmoqda. Qömita qayd etişiça, bu şaroitlar ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini çeklab, ularning yer yuzasiga yaqin havo qatlamida saqlanib qolişiga olib kelgan.

Havodagi ifloslanişdan ta’sirlaniş xavfi yuqori bölgan bolalar, keksalar, homilador va emizikli ayollar, şuningdek, yurak-qon tomir yoki nafas oliş tizimi kasalliklari bor kişilarga keçqurun va tungi payt köçaga çiqişni çeklaş tavsiya etilmoqda. Zarur hollarda taşqarida himoya niqobini taqiş, oçiq havoda böliş vaqtini qisqartiriş hamda uyda derazalarni yopib qöyiş lozim.

Havo sifati yomonlaşişiga haroratning pasayişi, şamolning juda kuçsizligi hamda mahalliy va qöşni hududlarda şakllangan havo massalarining şahar atrofida töplanişi sabab bölmoqda.

“Uşbu şaroitlar ifloslantiruvçi moddalar tarqalişini çeklab, mahalliy atmosfera taşlamalarining yer yuzasiga yaqin qatlamda saqlanib qolişiga olib keldi”, deya qayd etgan qömita.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda, xususan, Toşkent şahrida kuzatilayotgan havo ifloslanişiga noqulay meteorologik şaroitlar va tabiiy omillar ham sabab bölayotgani haqida xabar berilgan edi. Bunda yoğingarçilikning kamligi, şamol va atmosfera havosining tabiiy almaşinuvi bilan boğliq jarayonlar muhim ahamiyatga ega.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing