Toshkent viloyatida mast haydovchi boshqaruvidagi Damas kanalga tushib ketdi (video)
3-sahifa
−
27 may 2024 7027 1 daqiqa
Kecha, 26 may kuni Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida Damas kanalga tushib ketdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisa soat 12:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan Olmaliq shahrida yashovchi haydovchi M.S. Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, ushbu ko‘chadagi “Tanachi-Bo‘ka” kanaliga tushib ketgan. Avtoulovda haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan.
YTH oqibatida haydovchining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan. Avtoulov texnik shikastlangan. Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, haydovchi avtoulovni boshqarayotgan vaqtida mast holda bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 21 may kuni tunda Andijon viloyatida harakatlanib ketayotgan Damas haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va Ulug‘nor kanaliga tushib ketgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust