Toshkent viloyatida Lacetti kanalga tushib ketdi (video)
3-sahifa
−
10 fevral 2023 7143 1 daqiqa
Toshkent viloyatida Lacetti haydovchisi noqulay ob-havo va yo‘llardagi muzlamalar sababli boshqaruvni yo‘qotib, kanalga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Kecha, 9 fevral kuni tunda Ohangaron tumani “A.Navoiy” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalga Lacetti avtomobili tushib ketgan.
Chaqiruvga asosan, Olmaliq yong‘in-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvchilari voqea joyiga borgan. Shundan so‘ng, avtoulov kanaldan xavfsiz joyga olib chiqilib, amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Voqea oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, Namangan viloyati Chortoq tumanidan oqib o‘tuvchi katta Namangan kanaliga Nexia 2 rusumli avtomobili tushib ketgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025