Toshkent viloyatida Jetour suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi (video)
Jamiyat
−
05 sentabr 2024 10616 1 daqiqa
Toshkent viloyatida Jetour avtomobili suv taqsimlash inshootiga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 4 sentyabr kuni soat 16:00 da Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, “G‘azalkent-Chirchiq” yo‘lida harakatlanib ketayotgan Jetour rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, Oqtosh ko‘prigidan G‘azalkent suv taqsimlash inshootiga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni suv taqsimlash inshootidan olib chiqqan. Avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Haydovchi tan jarohati olmagan.
Live
BarchasiSariosiyoda terroristik guruh ushlandi
08 avgust