Toshkent viloyatida 9 nafar ekologiya mas’uli lavozimidan olindi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi, Ekopolitsiya boshlig‘i Aziz Abduhakimov raisligida yig‘ilish o‘tkazilib, 9 nafar ekologiya mas’uli lavozimidan ozod etildi. Bu haqda qo‘mita xabar berdi.

Xususan, Toshkent viloyati Ekopolitsiya boshlig‘i o‘rinbosari va sakkizta tuman hamda shahar bo‘limlari boshliqlari lavozimidan ozod etilgan.

Yig‘ilishda Toshkent viloyatida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi bir qator kamchiliklar tanqid ostiga olingan. Xususan, ekologik nazorat sust olib borilganligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda nazorat yetarli darajada emasligi, ekologik ekspertiza xulosasisiz va daryo muhofaza zonasida ruxsatsiz faoliyat yuritayotgan ob’ektlar bo‘yicha yetarlicha nazorat o‘rnatilmaganligi ta’kidlangan.

Shuningdek, Chirchiq daryosi o‘zanida noqonuniy qum-shag‘al aralashmasi qazib olinishi hamda muhofaza maydoniga chiqindilar joylashtirilayotganligi holatlari bo‘yicha nazorat ta’minlanmaganligi qayd etilgan.

O‘z navbatida, Toshkent viloyati Ekologiya bosh boshqarmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va vazifalar belgilab berilgan.

Bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalariga Toshkent viloyati misolida o‘z faoliyati yuzasidan tegishli xulosa chiqarib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, nazorat samaradorligini oshirish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan vazifalar yuklatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing