Toshkent va Navoiyda Telegram orqali psixotrop sotganlar ushlandi

3-sahifa

image

Navoiy va Toshkent viloyatlarida Telegram orqali giyohvandlik vositasini sotish holati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Telegram messenjeri orqali giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar fuqaro N.I.ga “Sh.” boti orqali “mefedron” moddasini sotishga kelishib, 2 mln so‘m pulni bank plastik kartasiga o‘tkazib olib, giyohvandlik vositasini geolokatsiya bo‘yicha Navoiy shahar Sunbula ko‘chasida joylashgan qarovsiz uyga yetkazib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Departamentning Nurafshon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Telegram messenjerida bot tashkil etgan shaxslar fuqaroga 3,95 gramm giyohvandlik vositasini 1,1 mln so‘mga sotishga kelishib, giyohvandlik vositasini berilgan lokatsiyaga ya’ni, Sergeli tumani Uzumzor 1-tor ko‘chasidagi simyog‘och tagiga yashirib qo‘yganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, 0,51 gramm giyohvand vositasini Yashnobod tumani Parkent ko‘chasidagi beton orasiga 0,86 gramm giyohvand vositasini Yashnobod tumani “Mustaqillik” mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylar orasidagi daraxt tagiga yashirib qo‘ygani aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergovga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida somon press ichiga “marixuana” yashirgan shaxs ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Navoiy psixotrop mefedron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing