Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
Jamiyat
−
05 dekabr 1091 1 daqiqa
Joriy yilning 6-9 dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari);
- Namangan viloyati Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilnadi.
Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 8-10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi