Toshkent-Urganch reysining qimmatligi va bir hafta oldin chipta qolmasligi tanqid qilindi
Jamiyat
−
02 may 9218 2 daqiqa
Bugun, 2 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Toshkent-Urganch reysining qimmatligi va bir hafta oldin chipta qolmasligi tanqid qilindi.
Qayd etilishicha, mahalliy reyslarning 95 foizi “Havo yo‘llari” va “Silk Avia” aviakompaniyalariga to‘g‘ri keladi. Qolgan 14 ta reysni 4 ta mahalliy aviakompaniya amalga oshirayapti.
Sababi ichki reyslar jozibador emasligi uchun xususiy kompaniyalar asosan xorijga qatnayapti. Ichki bozorda raqobat bo‘lmagani uchun, Toshkent-Urganch yo‘nalishida bir hafta oldin chipta qolmaydi, narxi qimmat.
“Bu holatda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyohlar ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi”, dedi Prezident.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga xususiy kompaniyalarni jalb qilib, Toshkentdan Urganchga qatnovlarni 2 karra oshirish topshirildi. Barcha rezident kompaniyalarga ichki reyslarni subsidiyalash bo‘yicha qaror ishlab chiqib, kiritish vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek, dam olish kunlari poyezdlar tarkibiga qo‘shimcha vagon ulab, yo‘lovchi tashishni 1,5 barobarga ko‘paytirish topshirildi.
Qoraqalpog‘istondan Xorazmga keladigan yo‘l sifati yomonligi bois yiliga qo‘shimcha 300-400 ming turist jalb qilish imkoniyati yo‘qotilayotgani qayd etildi.
Mas’ullarga “Urganch – Gurlan – Mang‘it” yo‘lini rekonstruksiya qilish bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan muzokara o‘tkazish, 10 ta tumanni o‘zaro bog‘lovchi ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun Osiyo infratuzilma va investitsiya bankidan 75 million dollar jalb qilish topshirildi.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr