Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari tuman IIBga rahbar bo‘ldi
Jamiyat
−
20 fevral 2021 8670 1 daqiqa
Olmazor tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish Boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Mahkam Mirjonovich Vafoyev tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mahkam Vafoyev muqaddam Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
U 2020 yil fevralidan buyon Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Live
Barchasi