Toshkent aeroportidan hayvonot bog‘iga yuborilgan 1 bosh timsohcha va 6 bosh buqalamun nobud bo‘ldi

3-sahifa

image

Avvalroq, joriy yil 30 avgust kuni O‘zbekiston bojxonachilari Toshkent xalqaro aeroportida 57 dona timsoh bolalari hamda 10 dona buqalamunni noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinishlarni fosh qilgani haqida xabar berilgandi. Holatga oydinlik kiritilguniga qadar ushbu yovvoyi hayvonlar Toshkent hayvonoot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirilgandi.

Davlat bojxona qo‘mitasining ma’lum qilishicha, hayvonot bog‘ida saqlanayotgan hozirga kelib 1 bosh timsoh bolasi va 6 bosh buqalamun nobud bo‘lgan.

Qayd etilishcha, yovvoyi tabiatdan ajratib olinganligi sababli timsoh bolalarining barchasi ham birdek xonaki sharoitga moslashganicha yo‘q. Ularning ayrimlari mustaqil ravishda oziqlana olmayapti.

Shuningdek, hamon maxsus karantinda saqlanayotgan buqalamunlarning ahvolini ham yaxshi deb bo‘lmaydi. Ular qutida mevalar orasida olib kelinganligi sababli parvoz vaqtida mevalar ichida siqilib qolib, jiddiy shikastlangan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston faunasida Nil timsohlari va Yaman buqalamunlari uchramasligi sababli ular mamlakat Qizil kitobida uchramaydi. Ammo, Xalqaro qizil kitobga kiritilgan.

Shu sababli ham yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan Xalqaro savdo qilish konvensiyasiga muvofiq ushbu jonzotlarni respublikaga olib kirishda CITES maxsus ruxsatnomasi talab etiladi. Vaxolanki, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, bunday ruxsatnoma olish uchun murojaat kelib tushmagan.

Jonivorlarning keyingi taqdiri sud xukmiga binoan hal bo‘ladi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

331

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing