“Tolibon” yosh yigitni kaltaklab, elektr bilan qiynab o‘ldirdi

Olam

image

Kecha, 13 aprel kuni Afg‘onistonning Qobul shahrida Seyar ismli yosh yigit “Tolibon” muvaqqat hukumati vakillari tomonidan kaltaklanib, elektr toki bilan qiynoqqa solingach halok bo‘ldi. Bu haqda “Hashte subh” xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea Seyar og‘zaki tortishuv va keyinchalik yuzaga kelgan janjaldan so‘ng sodir bo‘lgan. Shundan keyin u “Tolibon” vakillari tomonidan qo‘lga olinib, shahardagi politsiya bo‘limiga olib ketilgan.

Guvohlar va manbalar ma’lumotiga ko‘ra, Seyar bo‘lim ichida qattiq kaltaklangan va keyinchalik elektr toki yordamida qiynoqqa solingan.

Shundan so‘ng, “Tolibon” vakillari uning otasi bilan bog‘lanib, kelib o‘g‘lini olib ketishini aytgan. Yigitning otasi uni darhol shifoxonaga olib borgan, biroq Seyar bir necha kun o‘tib vafot etgan.

Marhumning yaqinlari ham uning o‘limi sodir bo‘lganini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatida sodir bo‘lgan otishmada 12 kishi halok bo‘lgandi, yana 20 kishi yaralangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston “Tolibon” yosh yigit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing