“Tolibon” mamlakatda galstukni ta’qiqlamoqchi. Endi navbat erkaklargami?..
Olam
−
27 iyul 2023
4124Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon” qoshidagi Taklif va yo‘l-yo‘riq idorasi rahbari Muhammad Hoshim Shahid Vror mamlakat aholisi galstuk taqmasliklari kerakligini aytdi. Uning so‘zlarini “Kabul Now” nashri keltirdi.
“Islomda galstukning tarixi aniq. Galstuk nima? Bu xoch. Shariatda uni sindirish va yo‘q qilish buyurilgan”, deydi Shahid Vror.
Hokimiyatga kelganidan beri “Tolibon” erkaklarga hech qanday kiyinish qoidalarini joriy qilmadi. Deyarli barcha “Tolibon” amaldorlari bir xil kiyinadi: shalvar, kamzul, jilet va salla.
Istisnolar yoqa va galstuk taqib yuradigan shifokorlar yoki yangiliklar boshlovchilariga beriladi.
“Tolibon” Afg‘onistonda 2021 yil avgustida hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng, mamlakatda bir qator taqiq va cheklovlar, jumladan, fuqarolarning tashqi ko‘rinishiga nisbatan ham joriy qila boshlagan.
Masalan, Hilmand viloyatidagi sartaroshlarga o‘z mijozlarining soqollarini olishlari va ishlayotgan vaqtida musiqa chalishlari taqiqlangan. Bundan tashqari, “Tolibon” Qobul va Afg‘onistonning boshqa viloyatlarida go‘zallik salonlarining faoliyatini taqiqladi.
LiveBarchasi